«O’zbekiston-mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz fahru g’ururimiz!»

Maktabda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha «O’zbekiston-mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz fahru g’ururimiz!» shiori ostida 2017-yil dekabrdan 2018-yil 14-yanvarga qadar  «Harbiy Vatanparvarlik» oyligi e`lon qilindi va oylik doirasida  ommaviy  vatanparvarlik tadbirlari amalga oshirildi. O’quvchi-yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiylik kasbiga yo’naltirish, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi va rivojlanishi tarixi bilan tanishtirish maqsadida harbiylar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etildi. Maktabda harbiy hizmatchilar va Qurolli Kuchlar, fahriylarni taklif etgan holda  «Milliy armiyamiz – g’ururimiz fahrimiz», «Yurtimiz qalqonlari», «Mardlar qo’riqlaydi Vatanni», «Hur Vatan farzandlari – o’zbegim o’g’lonlari», «O’zbekiston posbonlari», «Ofitser — mardlar kasbi», «Vananni sevmov iymondandir», «O’zbekiston yagona Vatanim, milliy armiyam fahrim, tayanchim», «Harbiy hizmat mardlik, chiniqish, toblanish maktabi», «Vatanimiz posbonlari», «Vatan sarhadlarini qo’riqlovchi posbonlar», «Vatan sarhadlarini himoya qilish burchimiz», «Vatanga muhabbat, vatan oldidagi burchni anglash», «Vatani borning baxti bor», «Tinchligingga jonim fido, muqaddas Vatan!», «Ona Vatan himoyachilari», «Armiya — yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi», «Milliy armiyamiz — yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat, matonat tuyg’ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir», «Vatanni himoya qilish — sharafli, oliyjanob va ma`suliyatli burch», «Men harbiy bo’lishni hohlayman», «Mening armiyam — mening fahrim», «Ona yurtni mard o’g’lonlar qo’riqlaydi» «Shunqorlar musobaqasi» kabi mavzularda davra suhbatlari, yig’ilishlar, uchrashuvlar, insholar, rasmlar ko’rik-tanlovlari, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida sport musobaqalari tashkil qilindi, ҳarbiylik ruhidagi filmlar va slaydlar namoyishlar o’tkazildi. Har bir sinfda «Harbiy Vatanparvarlik burchagi» tashkil qilindi. Ota-onasi harbiy bo’lgan o’quvchi yoshlarga uning ota-onasi Vatanni qo’riqlashdek muqaddas vazifani bajarayotganligi uchun tashakkurnomalar va fahriy yorliqlar berildi.

O’quvchilarni Vatanparvarlik, burchga sadoqat, xushyorlik va ogohlik tuyg’ularini mustahkamlash, ularni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar, mamlakat mudofa salohiyatini kuchaytirish va harbiy hizmatning nufuzini oshirish bo’yicha amalga oshirilayotgan sa`yi-harakatlarining mazmun-mohiyati bilan yanada chuqurroq tanishtirildi.

Spread the word. Share this post!

Leave Comment

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *