Maktabning kadrlar bilan ta’minlanishi

Maktabning kadrlar bilan ta’minlanishi

        Ta’lim muassasasi o’z mutaxassisligi bo’yicha dars beradigan o’qituvchilar bilan ta’minlangan. Maktabda ma’muriyat bilan birgalikda 55 nafar o’qituvchi faoliyat olib borayotgan bo’lib, ulardan 46 nafari oliy ma’lumotli va 9 nafari o’rta – maxsus ma’lumotli o’qituvchilardir. 2017 – 2018 o’quv yilida 16 – umumiy o’rta ta’lim maktabiga 6 nafar yangi kadrlar ishga qabul qilingan .

Maktabda faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarning barchasi yuksak axliqiy fazilatlarga ega, o’z kasbining ustasi, bilimli pedagog kadrlar bo’lib, ishga yangi qabul qilingan o’qituvchilar o’z faoliyatlari davomida ularning ish tajribasidan namuna sifatida o’rnak olib o’rganib kelmoqdalar. Shu maqsadda maktabda an’anaviy odatlarimizni davom ettirgan holda «Ustoz – shogird” maktabi tuzilgan bo’lib, unda ustoz o’qituvchilar yosh o’qituvchilarga turli metodik yordamlar va maslahatlar berib kelmoqdalar, rejaga asosan turli ko’rgazmali ochiq darslar tashkil qilinmoqda.

Maktabda faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar tajribali, malakali mutaxassislar bo’lib, ular yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda yuksak kasbiy mahorat hamda intellektual salohiyat  namoyon etishmoqda.

Spread the word. Share this post!

Leave Comment

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *