Zahriddin Muhammad Bobur  tavallud kunlari

Kattaqo`rg`on shahar xalq ta`limi muassasalar faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limi tasarrufidagi 16-umumta`lim maktabida buyuk mutafakkir ,  shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur  tavallud kunlarini yuqori saviyada tashkil etilib, o`tkazilgan tadbirlar to`g`risida

MA`LUMOT.

    Maktabimizda o`zbek adabiyotining yirik namoyondasi, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 576-yilligi hamda shoh va shoir Zahriddin Muhammad Boburning   534-yilligiga bag`ishlab maktabning buyrug`i, chora-tadbirlar rejasi tuzib olindi.

Fevral oyining birinchi o`n kunligida barcha sinflar uchun alohida tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bunga ko`ra sinflar kesimida ochiq tarbiyaviy soatlar, tanlov va bellashuvlar yuqori sinflarda ma`ruzlar, insholar? rasmlar tanlovi bo`lib o`tdi.  N.Sanaqulova  buyuk mutafakkir shoir so`z mulkining sultoni Alisher Navoiy 576-yoshda ochiq tarbiyaviy tadbir 5-V sinfida,  “Buyuk bobolarga munosib avlod bo`lamiz”  mavzusida badiiy kecha  D.Mamadiyeva 3-A sinfda, “Alisher Navoiy e’zozda” mavzusida tadbir N.Tillayeva 6-“A” sinflar o`rtasida, “Olis yulduzlardan taralgan yog`du” mavzusida tadbir 7-“A” sinfida, “Navoiyga ta’zim” mavzusida tadbir 8-“A” va 8-“G” sinfida,  2-“B”sinfida A.Nigmatova, M.Zubaydullayevalar “Ajdodlarimiz  merosi”  mavzusida  tadbir 3-“B” sinfida,   M.Saidova “7-A” sinfida “Navoiy izdoshlari”  mavzusi bo`yicha tadbir, 3-“V” sinfida  S.Rashidova  “So`z mulkining sultoni” mavzusida  tarbiyaviy tadbir,  F.Xayriyeva 2-V sinfida  “G`azal mulkining sultoni” mavzusidaochiq tarbiyaviy  tadbirlar o`tkazildi. Hafta davomida buyuk mutafakkir shoir, so`z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga atalgan devoriy gazetalar, bukletlar tanlovi  ham  bo`lib o`tdi. Bu tanlovda barcha sinflar faol  ishtirok etib, g`olib deb topilgan sinflar maktab rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. O`tkazilgan tadbirlarda o`quvchilarimiz  bobomizning o`z davrida ham keying zamonlarda ham shohlarga manzur-u maqbul bo`lgan shoir ekanligini aks ettiruvchi kuy va qo`shiqlardan,  g`azallaridan, xalqimizga ibrat bo`lgan buyuk “Xamsa” asarlaridan sahna ko`rinishlari ijro etib berdilar. Shuningdek  ijodkor bo`lganda ham, salmoqli va salobatli, o`zining ta`birini o`ziga nisbattan ishlatadigan bo`lsak, buyuk Navoiydan so`ng “ko`p va xo`b” yozgan ijodkor  shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunini maktabda barcha sinflarda fan va boshlang`ich sinf o`qituvchilarimiz tomonidan keng miqyosda  nishonlandi. Ayniqsa 5-“A” sinfida Tillayeva Nasiba “Boburxonlik” mavzusida she’rxonlik musobaqasi, o`qituvchi M.Sobirova 4-“B” sinfida “Buyuk mutafakkir shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur 534 yoshda” mavzusida tadbir, Rashidova Soxiba 3-“V” sinfida “Bobur — dilbar shaxs” mavzusida tarbiyaviy soat darsi? 6-“A”sinfida “Bobokalonlarimizning yodi qalbimizda” mavzusida badiiy kecha, 2-“G” sinfida “Ajdodlar merosi” mavzusida tadbir, o`quvchilar o`rtasida rasmlar ko`rik-tanlovlari hamda   adabiy-badiiy  kechalar o`tkazildi.

Tadbirlar o`qituvchilar tomonidan kuzatilib, o`quvchilar rag`batlantirildi.

Spread the word. Share this post!

Leave Comment

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *